Kuni kecha Toshkent viloyati hokimi Olmaliq shahrining chekka hududida joylashgan Usmon Nosir mahallasida bo`lib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini kuzatdi.
Bu vaqtda Davron Hidoyatov mahalladagi Yo`lchiboy otaning xonadonida to`y bo`layotganini ko`rib, xursandchilikka sherik bo`ldi, deya xabar bermoqda hokimlik axborot xizmati "Darakchi"ga.
Xonadon egalari bilan bir dasturxon atrofida samimiy suhbatda bo`lan hokim yoshlarga baxt tilagan.
Shuningdek, ularga esdalik sovg`alar ham taqdim etilgan.






