Avvalroq Yakkabog`lik kelin-kuyov to`y kunlarida ovoz berishga kelishgani haqida xabar bergandik.
Bundan bir muddat avval Chiroqchida ham shunday hodisa ro`y berdi.
Ammo unda bir emas, ikki juft kelin-kuyov ovoz berdi.
13-Qashqadaryo okrug saylov komissiyasi matbuot markazining qayd etishicha, Obod mahallasida joylashgan 805-saylov uchastkasida yosh kelin-kuyovlar Husniddin va Muhiddin Eshonboevlar kelinlar bilan to`y kortejida saylov uchastkasiga kelib, Prezidentlik saylovida o`z kelajaklari uchun munosib nomzodga ovoz berdilar.






