"O`zgidromet" xabariga ko`ra, bugun 25-oktyabr kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo 17-22° iliqgacha isiydi.
Poytaxtda havo kam bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 18-20° iliqni tashkil etadi.
Tog`li hududlarda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Harorat 8-13° iliq bo`ladi.






