AsosiyJamiyat

25 oktyabrdan talabalar ta`tilga chiqishi rostmi? Vazirlik izoh berdi

'25 oktyabrdan talabalar ta`tilga chiqishi rostmi? Vazirlik izoh berdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda talabalar 25 oktyabrdan 3 haftalik ta`tilga chiqishi haqidagi xabarlar tarqaldi.

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining ma`lum qilishicha, ushbu ma`lumot yolg`on va hech qanday asosga ega emas. Vazirlik internet foydalanuvchilaridan fake (yolg`on, asossiz) xabarlarga ishonmaslikni so`ramoqda.

"Hurmatli fuqarolar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, yolg`on xabar tarqatish O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-6 moddasiga ("Yolg`on axborot tarqatish") ko`ra javobgarlikka sabab bo`lishidan ogohlantiramiz",- deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar