AsosiyJamiyat

Futbol o`yinidan so`ng uchqo`rg`onliklar norinliklarni kaltakladimi? IIB izoh berdi

'Futbol o`yinidan so`ng uchqo`rg`onliklar norinliklarni kaltakladimi? IIB izoh berdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Namanganda Uchqo`rg`on va Norin 2-liga o`yinida Uchqo`rg`onliklar Norinliklarni kaltaklagani aytilmoqda” nomli video yuzasidan Namangan viloyati IIB Axborot xizmati rasmiy izoh berdi.

22 oktyabr kuni soat 15:00 larda Uchqo`rg`on shahar markazidagi Paxtakor stadionida Norin va Uchqo`rg`on tumanlarining 2-liga futbol jamoalari o`rtasidagi futbol o`yiniga, Uchqo`rg`on tuman IIB JTSG va profilaktika inspektorlari futbol tadbiri davomida jamoat tartibini saqlash uchun 5 nafar IIB xodimlari jalb qilingan.

Norin va Uchqo`rg`on tumanlari 2-liga futbol jamoasi o`rtasidagi futbol o`yinining 2-bo`limi yakunida Norin va Uchqo`rg`on tumanlari futbol jamoasi o`yinchilari o`rtasida Uchqo`rg`on futbol terma jamoasi o`yinchisi Uchqo`rg`on tumanida yashovchi 1997 yilda tug`ilgan fuqaro o`ng tirsagi bilan Norin tuman futbol terma jamoasi o`yinchisi Norin tumanida yashovchi 1994 yilda tug`ilgan fuqaroni yuz qismiga urib yuborib, tan jaroxati etkazgan. Ushbu xolat bo`yicha o`yin xakami tomonidan qizil kartochka berib o`yindan chetlatilgan.

O`yingoxga biriktirilgan xodimlar tomonidan janjal o`rnida bartaraf etilib, tortishuv kattalashishiga yo`l qo`yilmagan.

Fuqaro olgan tan jaroxati bo`yicha Uchqo`rg`on tuman kasalxonasiga tibbiy yordam ko`rsatish uchun uchragan, 2021 yil 22 oktyabr` kuni Uchqo`rg`on tuman IIBning kitobiga qayd etilib, fuqaro olgan tan jaroxati bo`yicha Uchqo`rg`on tuman IIB xuzuridagi tergov bo`limi tomonidan Uchqo`rg`on tumanida yashovchi 1997 yilda tug`ilgan fuqaroga nisbatan O`z.Res.JKning 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar