O`zbekistonning Vashingtondagi elchisi J.Vahabovning xabariga ko`ra, bugun O`zbekistonga Pfizer vaksinasining navbatdagi partiyasi keladi.
273 780 doza Pfizer AQSh hukumati xayriyasi sifatida Kentukki shtatidan to`g`ridan-to`g`ri yuboriladi.
Iyul oyining oxiridan to hozirgi kunga qadar AQSh mamlakatimizga 5 million doza vaksina yubordi.
Amerikada ishlab chiqarilgan vaksinalar O`zbekistonda qo`llanilayotganlar orasida ikkinchi o`rinda turadi.
Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, aholining 17% to`liq emlangan, yana 21% qisman emlangan. Vaksina oling va hayotingizni qutqaring.






