AsosiyJamiyat

Prezident saylovining dastlabki natijalari e`lon qilinganligi rostmi? MSK javob berdi

'Prezident saylovining dastlabki natijalari e`lon qilinganligi rostmi?  MSK javob berdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining dastlabki natijalari e`lon qilinganligi haqida xabar tarqatilmoqda. Bu xabar haqiqatga mutlaqo to`g`ri kelmaydi, demoqda Markaziy saylov komissiyasi raisining axborot siyosati masalalari bo`yicha maslaxatchisi, Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati rahbari Jaloliddin Usmonov.

" Prezident saylovining dastlabki natijalari bugun Toshkent vaqti bilan soat 16.00 da Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxo`jaev tomonidan e`lon qilinishini yana bir karra eslatib o`tamiz" deb yozmoqda Jaloliddin Usmonov.

    Boshqa yangiliklar