AsosiyJamiyat

Jizzaxda "Nexia" ag`darilib ketdi. Qurbonlar bor

'Jizzaxda "Nexia" ag`darilib ketdi. Qurbonlar bor'ning rasmi

Jizzax viloyati Forish tumanida yuz bergan yo`l-transport hodisasi oqibatida navoiylik ikki nafar yo`lovchi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi, deya yozmoqda "Zamon"

Ma`lum bo`lishicha, joriy yil 16 oktyabr kuni soat 19:05 larda davlat ahamiyatiga ega bo`lgan 4R-36 Jizzax Forish Qizilcha avtomobil yo`lining Forish tumani Do`stlik mahallasi hududidan o`tgan 111-kilometrida sodir bo`lgan.

Qayd etilishicha, Navoiy viloyati Nurota tumanida yashovchi "Sintob" mahallasida yashovchi haydovchi "Nexia-3" mashinasini Forish — Nurota yo`nalishida boshqarib ketayotib boshqaruvni yo`qotgan. Natijada mashina yo`lning chap tomoniga ag`darilib ketgan.

Oqibatda mashinada yo`lovchi sifatida ketayotgan 2001 va 2003 yillarda tug`ilgan, Nurota tumani “Sintob” mahallasida yashovchi fuqarolar og`ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Forish tumani IIB tergov bo`limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar