AsosiyJamiyat

"Uzbekistan Airways" aviachiptalarni bron qilish va sotish xizmatini ma`lum muddatga to`xtatadi

'"Uzbekistan Airways" aviachiptalarni bron qilish va sotish xizmatini ma`lum muddatga to`xtatadi'ning rasmi

Bronlash va sotish tizimini modernizasiya qilish bo`yicha texnik ishlar olib borilmoqda, deya xabar bermoqda "Uzbekistan Airways" AJ Axborot xizmati. 

Ma`lum qilinishicha, "Uzbekistan Airways" AJ da aviachiptalarni bron qilish va sotish tizimi provayderining o`zgarishi bo`yicha texnik ishlar olib borilishi sababli 3 noyabr 18:00 dan 4 noyabr 06:00 gacha (Toshkent vaqti bilan), aviachiptalarni bron qilish, sotish va aviakompaniyaning qo`shimcha xizmatlari faoliyati vaqtincha to`xtatiladi.  

Rejalashtirilgan texnik ishlar aviakompaniyaning ichki va tashqi sotuv tizimiga ham ta`sir qiladi, deyilgan xabarda.   

 

    Boshqa yangiliklar