AsosiyJamiyat

Davlat test markazi TOEFL ITP imtihonini yo`lga qo`ydi

'Davlat test markazi TOEFL ITP imtihonini yo`lga qo`ydi'ning rasmi

Test savollarini tuzish va test sinovlarini o`tkazish bo`yicha dunyodagi eng yirik tashkilotlardan biri bo`lgan AQShning Educational Testing Service (ETS) tashkiloti bilan yo`lga qo`yilgan bo`lib, Davlat test markazi  TOEFL ITP imtihonlarini tashkil etish va o`tkazish huquqini qo`lga kiritgan.

 Unga ko`ra, Davlat test markazi tomonidan o`tkaziladigan TOEFL ITP imtihonlari xalqaro miqyosda tan olinadi hamda imtihondan muvaffaqiyatli o`tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikati beriladi. Bu haqda DTM Axborot xizmati xabar bermoqda. 

TOEFL ITP test sinovlari Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o`quv amaliy markazi tomonidan har oy Davlat test markazi binosida onlayn tarzda o`tkaziladi.

 Mazkur test sinovining o`ziga xos jihati talabgor test sinovi yakunlanishi bilan o`z natijasini bilib oladi.

Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 25-oktyabrga qadar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro`yxatdan o`tib, test sinovida ishtirok etishlari mumkin.

Test sinovi ro`yxatga olish yakunlangach 10 kundan so`ng Davlat test markazida o`tkaziladi.

Test sinovi uchun to`lov bazaviy hisoblash miqdorining 3,5 baravarini (945 000 so`m) tashkil qiladi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qaroriga binoan C1 darajaga to`g`ri keluvchi TOEFL ITP sertifikatiga ega bo`lgan ta`lim muassasalarining xorijiy tillar o`qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo`shimcha ustama beriladi.

    Boshqa yangiliklar