AsosiyJamiyat

O`zbekistonga Pfizer/BioNTech vaksinasining 273 780 dozalik partiyasi olib kelindi

'O`zbekistonga Pfizer/BioNTech vaksinasining 273 780 dozalik partiyasi olib kelindi'ning rasmi

Hozirgina yurtimizga Pfizer/BioNTech vaksinasining 273 780 dozalik partiyasi olib kelindi, deya xabar bermoqda SSV Axborot xizmati. 

Shunday qilib, yurtimizda emlash jarayonlarida foydalanilayotgan jami vaksina 35 225 138 dozani tashkil qilmoqda.

Ulardan:  

*1 594 480 dozasi AstraZeneca;

*25 933 818 dozasi ZF-UZ-VAC2001;

*720 500 dozasi "Sputnik V";  

*3 000 060 dozasi Moderna;

*2 000 280 dozasi Pfizer/BioNTech;

*1 976 000 dozasi Sinovac vaksinasidir.

Shundan 25 101 646 dozasi emlash jarayonlarida qo`llanilgan.

    Boshqa yangiliklar