“Aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan barqaror ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–5267-son, 25.10.2021 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma`lum qildi.
Qarorga ko`ra, 2021 yil 1 oktyabrdan yuridik shaxslar tomonidan O`zbekistonga import qilingan tabiiy gazni realizasiya qilishda aksiz solig`ining nol foizlik stavkasi belgilandi.
️2022 yil 1 yanvardan ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan sotiladigan suyultirilgan gazga aksiz solig`i solinmaydi.
Tadbirkorlarga tabiiy va suyultirilgan gazni O`zbekistonga import qilishda QQSni 120 kungacha muddatga foizlar hisoblanmagan va uning to`lanishini ta`minlash talab etilmagan holda, kechiktirib (bo`lib-bo`lib) to`lash huquqi beriladi.






