AsosiyDunyo

Hirotda qurolli to`qnashuv

'Hirotda qurolli to`qnashuv'ning rasmi

Afg`onistonning Hirot shahrida Tolibon va qurolli shaxslar o`rtasidagi otishmada kamida 17 nafar inson, jumladan bolalar vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar berdi.

Xabarga ko`ra, halok bo`lganlar orasida 7 nafar bola, 3 nafar ayol va 7 nafar erkak hamda Tolibon harbiysi ham bor. Qurbonlarning hammasi otishmalar vaqtida vafot etgani tasdiqlangan. Ma`lumotlarga qaraganda, ikki soatdan ko`proq davom etgan otishmada har xil qurollardan foydalanilgan. Mahalliy polisiya bergan ma`lumotga ko`ra, voqea Hirotning chodirli ko`prigi hududida sodir bo`lgan.

Boshqa yangiliklar