AsosiyDunyo

Milosh Zemanning prezidentlik vakolatlari tugatilishi mumkin

'Milosh Zemanning prezidentlik vakolatlari tugatilishi mumkin'ning rasmi

10 oktyabr kuni Chexiya prezidenti Milosh Zeman Pragadagi Markaziy harbiy gospitalga yotqizilgan edi. Ma`lumot uchun, 77 yoshni qarshilagan Ziman jigar ensefalopatiyasidan aziyat chekmoqda.

15 kun avval, Chexiya Senati komissiyasi prezident vakolatlarini vaqtincha to`xtatib turish haqida qaror chiqargan edi.

Chexiya qonunchiligiga ko`ra, Milosh Zeman 2 hafta ichida davlat rahbari vazifalarini bajara oladigan darajada o`z sog`ligini tiklashi kerak. Aks holda, uning prezidentlik vakolatlari tugatilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar