AsosiyJamiyat

Ganira Pashaeva: “Saylovda aholi ishtiroki yuqori bo`ldi, ularning aksariyati yoshlar"

'Ganira Pashaeva: “Saylovda aholi ishtiroki yuqori bo`ldi, ularning aksariyati yoshlar"'ning rasmi

25 oktyabr kuni Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo`mitasi raisi B.Sayfullaev Ozarbayjon Respublikasi Milli Majlisining madaniyat masalalari qo`mitasi raisi Ganira Pashaeva bilan uchrashdi.

Uchrashuvda mamlakatlarimizni do`stona munosabatlar bog`lab turishi, ko`plab sohalarda hamkorlik mustahkamlanayotgani, bunda ikki davlat parlamentlari muhim rol o`ynashi ta`kidlandi. O`zbekistonda saylov qonunchiligi va mexanizmlarini takomillashtirish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ozarbayjonlik mehmonga ma`lumot berildi.

G.Pashaeva Prezident saylovi saylov ochiqlik va oshkoralik tamoyillari asosida, o`tkazilgani, har bir saylov uchastkasida karantin talablariga qat`iy rioya etilgani, saylovchilar ishtiroki yuqori darajada bo`lgani va ularning aksariyati yoshlar ekanini ta`kidladi.

Tomonlar madaniyat va san`at, ziyorat turizmi, madaniy turizm, gender tenglik sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, ikki mamlakat an`analari va madaniy qadriyatlarini targ`ib qilish bo`yicha qo`shma loyihalarni muhokama qildilar.

    Boshqa yangiliklar