Yurtimizda o`tkazilgan prezidentlik saylovlarida kuzatuvchi sifatida tashrif buyurgan Indoneziya Umumiy saylov komissiyasi raisi Ilxam Saputra o`zining iliq fikrlarini bildirdi.
“Tan olishimiz kerakki, biz O`zbekistonning saylov tizimini o`rganishdan juda mamnunmiz. Chunki bu Indoneziyaning saylov tizimida dolzarb bo`lgan muammolarni o`rganishga, muqobil echimlarni topishga yordam beradi. Masalan, Indoneziya orollardan iborat bo`lib, 34 provinsiya va 514 tumani bor. Shubhasiz, har 5 yilda bunday joylashuv bilan Prezident saylovini tashkil etish logistik muammolarni keltirib chiqaradi va biz bu borada O`zbekiston Markaziy saylov komissiyasining tajribasini o`rganmoqchimiz.”






