AsosiyJamiyat

​Hozirda tibbiy oliy ta`lim muassasalarida qancha talaba tahsil olmoqda?

'​Hozirda tibbiy oliy ta`lim muassasalarida qancha talaba tahsil olmoqda?'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligi o`z tasarrufidagi 11 ta tibbiyot oliy ta`lim muassasasining:

  • 16 ta bakalavriat yo`nalishida 39 919 nafar talaba;
  • 53 ta magistratura mutaxassisligida 2 402 nafar talaba;
  • 57 ta klinik ordinatura mutaxassisligida 2 913 nafar klinik ordinator tahsil olayotgani haqida ma`lumot berdi.

Shuningdek, joriy yilda 11 ta tibbiyot oliy ta`lim muassasasini:

  • bakalavriat ta`lim yo`nalishlarini 4 174 nafar;
  • magistratura mutaxassisliklarini 938 nafar;
  • klinik ordinatura mutaxassisliklarini 1 308 nafar;
  • respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy markazlarni 626 nafar klinik ordinator tamomlagan.

Tibbiy oliy ta`lim muassasalarini jami 7 046 nafar mutaxassis bitirgan.

Ma`lumot uchun, 2021 yilda tibbiy ta`limdagi kvotalar 2017 yilga nisbatan bir necha barobarga oshirilib, sohada kadrlar tayyorlash ko`lami yanada kengaytirildi. Xususan, bakalavriatdagi o`rinlar 2 barobarga (3445 tadan 6950 taga) ko`payib, magistraturada o`rinlar 2,3 barobarga (718 tadan 1631 taga) etdi.

Shu bilan birga, ordinaturadagi o`rinlar 5 barobarga (961 tadan 4972 taga) oshirilib, maqsadli kvota joriy etildi va qabul qilinadigan talabalar 1180 nafardan 1527 nafarga etkazildi.

    Boshqa yangiliklar