AsosiyJamiyat

O`zbekistonda eng ko`p toksik chiqindilar qaysi hududlarda hosil bo`layotgani ma`lum qilindi

'O`zbekistonda eng ko`p toksik chiqindilar qaysi hududlarda hosil bo`layotgani ma`lum qilindi'ning rasmi

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2020 yil yakunlariga ko`ra respublika bo`yicha toksik va notoksik chiqindilar hosil qiladigan tashkilotlarda hosil bo`lgan jami chiqindilar miqdori 125,6 mln tonnani tashkil etgan.

 Hududlar kesimida tahlil qilinganda, eng yuqori ulush Navoiy viloyatida ekani ma`lum bo`lgan – 48,2 foiz. Keyingi o`rinlardan Toshkent viloyati (34,6 foiz) va Jizzax viloyati (9,1 foiz) joy oldi.

 Toksik va notoksik chiqindilar bo`yicha eng kam ulush Sirdaryo viloyatida qayd etildi – 0,01 foiz. Keyingi o`rinlardan Qoraqalpog`iston Respublikasi (0,02 foiz) hamda Farg`ona viloyati (0,03 foiz) joy oldi.

    Boshqa yangiliklar