AsosiyDunyo

AQSh davlat departamenti O`zbekistonda o`tgan saylov bo`yicha bayonot berdi

'AQSh davlat departamenti O`zbekistonda o`tgan saylov bo`yicha bayonot berdi'ning rasmi

AQSh davlat deparatmenti kuni kecha O`zbekistonda bo`lib o`tgan saylov jarayonlari bo`yicha o`z xulosasini berdi.

Qayd etilishicha, Prezident saylovi siyosiy jihatdan cheklangan muhitda o`tkazilgan.

"Amerika Qo`shma Shtatlari 24 oktyabr kuni o`zbek xalqini bo`lib o`tgan prezidentlik saylovlarida o`z ovoz berish huquqlaridan foydalanganlarini qo`llab-quvvatlaydi.

Biz, Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo`yicha byurosi (EXHT DIIHB) monitoring missiyasi ovoz berish tinch o`tgani va saylovchilarning yuqori faollik ko`rsatganligiga qo`shilamiz.

Lekin shuni aytish lozimki, saylovlar haddan tashqari cheklangan siyosiy muhitda o`tdi va muhim saylov kafolatlari e`tiborga olinmadi",–deyiladi EXHT DIIHB saylov jarayonlariga nisbatan aytgan xulosasida.

Shuningdek, Amerika Qo`shma Shtatlari EXHT kuzatuvchi missiyasi O`zbekiston hukumati bilan hamkorlik yaxshilanganini  olqishlamoqda.

"Biz ikki tomonlama  va mintaqaviy ahamiyatga molik boshqa ko`plab masalalar bo`yicha O`zbekiston hukumati bilan hamkorlikni davom ettirish tarafdorimiz",–deyiladi bayonotda.

    Boshqa yangiliklar