AsosiyJamiyat

Bu yil homilador ayollarda koronavirusga chalinishi holati ko`p uchramoqda — SSV

'Bu yil homilador ayollarda koronavirusga chalinishi holati ko`p uchramoqda — SSV'ning rasmi

Statistik ma`lumotlarga ko`ra, o`tgan yilga nisbatan bu yil homilador ayollarda koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari juda ko`p uchramoqda. Ularning ba`zilarida esa kasallik juda og`ir o`tmoqda.

Xo`sh, buning asosiy sabablari nimada? Homilador ayollarda koronavirusni davolashda nimalarga e`tibor qaratish zarur? “COVID-19”ga chalingan ona go`dagini ko`krak suti bilan oziqlantirishi mumkinmi?

SSV Matbuot xizmati ushbu mavzu yuzasidan batafsil ma`lumot olish maqsadida Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktor o`rinbosari, tibbiyot fanlari doktori Kamola SOLIHOVAga murojaat qildi:  

— Bugungi kunda homilador ayollarda koronavirus infeksiyasi qanday klinik ko`rinishlarda kechishi, bu sharoitda homila o`zini qanday his qilayotgani borasida nafaqat mamlakatimiz, balki butun dunyoda chuqur tahlillar olib borilmoqda, — deydi K.Solihova — Shu ma`noda biz ham mazkur yo`nalishdagi ilmiy izlanishlarimizni xorij tajribasi bilan taqqoslab, o`zimiz uchun tegishli xulosalar chiqarmoqdamiz.

Ta`kidlash lozimki, koronavirus juda yuqumli kasallik hisoblanib, homilador ayollarda oddiy insonlarga qaraganda uni yuqtirishga moyillik yuqori. Buning sababi esa bo`lajak onalarda homiladorlik tufayli immunitet pasayishidir. Biroq agar ular o`zlarini muntazam ravishda parvarish qilib borsa, gigiena qoidalariga qat`iy rioya etsa, kasallikdan himoyalanadilar.

Infeksiya yuqqanda boshqalarda bo`lgani kabi homilador ayollarda ham quruq yo`tal, mushaklarda og`riq, haroratning ko`tarilishi, ishtahaning yo`qligi, holsizlik, og`ir holatlarda esa nafas qisishi  kuzatilishi mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar