Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo`limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent viloyati Ohangaron tumanida tezkor tadbir o`tkazildi.
️Tezkor tadbir davomida avvaldan kuzatuvga olingan fuqaro boshqaruvidagi “KIA” rusumli avtotransport vositasi to`xtatilib, belgilangan tartibda ko`zdan kechirildi. Natijada avtomashina yukxonasida, xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o`tkazilmagan 27 ming 500 quti “Milano” nomli tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.
O`zbekiston Respublikasining aksiz markasi bilan markalanmagan mazkur tamaki mahsulotlarining umumiy qiymati 330 mln. so`mni tashkil qilmoqda. Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.






