O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 16.08.2021 yil 1290-IV-son va O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 27.08.2021 y. SQ-379-IV-son Qarorlari ijrosi yuzasidan Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati boshqarmalari hamda hududiy bo`linmalari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Unga ko`ra, Toshkent viloyatining Zangiota tumanidan Toshkent shahrining Sergeli tumaniga quyidagi ijtimoiy ob`ektlar o`tkazilishi ta`minlandi:
- mahallalar – 13 ta;
- ko`p qavatli turar joylar – 23 ta;
- ko`p qavatli turar joylardagi honadonlar – 335 ta;
- yakka tartibdagi uy-joylar – 10 954 ta;
- noturar joylar – 535 ta;
- maktablar – 7 ta;
- maktabgacha ta`lim muassasalari – 5 ta;
- diniy muassasalar – 2 ta;
- qabristonlar – 4 ta;
- madaniyat markazlari – 1 ta;
- tibbiy muassasalar – 2 ta.
Zangiota tumanidan Sergeli tumaniga o`tayotgan aholining doimiy yashash manzili Toshkent shahri Sergeli tumani etib belgilanadi.






