Energetika vazirligi shtabi tomonidan 2021 yil oktyabr oyining o`tgan 22 kuni davomida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda o`tkazilgan tadbirlar davomida ulgurji iste`molchilarning tabiiy gazdan foydalanish holatlari o`rganildi. O`tkazilgan o`rganishlar davomida respublika bo`yicha tabiiy gazdan 228 ta holatda noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlandi. Bu haqda vazirligik matbuot xizmati ma`lum qildi.
Ushbu 22 kun ichida 4 million 278 ming kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani ma`lum bo`ldi. Buning natijasida, gaz ta`minoti tashkilotlari etkazilgshan zarar miqdori 3 millird 832 million 900 ming so`mni tashkil qilgan.
Taqqoslash uchun, ushbu hajmdagi tabiiy gaz hozirgi kunda 427 ming 830 ta xonadonning 1 kunlik iste`molini tashkil qiladi.
Boshqacha aytganda, ushbu hajmdagi tabiiy gaz Namangan va Andijon viloyatlaridagi jami aholi xonadonlarining bir kunlik iste`molini tashkil qiladi.
Ushbu noqonuniy foydalanish holatlarining eng ko`pi Namangan, Toshkent va Xorazm viloyatlariga to`g`ri keladi.
Aniqlangan holatga huquqiy baho berish uchun rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgan.






