Pensiya jamg`armasi 2021 yil sentyabr oyidagi bir oylik o`rtacha pensiya miqdori haqidagi ma`lumotlarni e`lon qildi. Unga ko`ra, bir oylik o`rtacha pensiya miqdori:
➖Toshkent shahrida 1 250 992 so`m;
➖Navoiyda 1 176 323 so`m;
➖Toshkent viloyatda 1 012 617 so`m;
➖Buxoroda 941 411 so`m;
➖Sirdaryoda 936 392 so`m;
➖Qoraqalpog`iston Respublikasida 918 930 so`m;
➖Samarqandda 902 172 so`m;
➖Qashqadaryoda 876 728 so`m;
➖Xorazmda 870 800 so`m;
➖Surxondaryoda 850 685 so`m;
➖Jizzaxda 848 930 so`m;
➖Farg`onada 836 856 so`m;
➖Namanganda 802 125 so`m;
➖Andijon viloyatida 801 640 so`mni tashkil etgan.
2021 yil 1 oktyabr holatiga respublika bo`yicha pensiya oluvchilarning umumiy soni 3 548 093 nafarni tashkil qilib umumiy aholi sonidagi ulushi 10,2 foizni tashkil qilgan holda 1991 yil 1 yanvar holatiga nisbatan 1 389 098 nafarga yoki 64,3 foizga ko`paygan.
Ma`lumot uchun, 1991-2021 yillarda pensiyalarning miqdori 67 marotaba oshirilgan.