Internetda www.agrosale.uz veb-sayti ish boshladi. Mazkur elektron savdo maydonchasi mamlakatimiz fermer xo`jaliklari mahsulotlari eksport salohiyatini yanada oshirishga qaratilgan.
Yangi veb-sayt O`zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan «TECLOT» MChJ xorijiy korxonasi hamkorligida ishlab chiqilgan. «Biznes-biznesga» qoidasida faoliyat ko`rsatadigan portal qishloq xo`jaligi mahsulotlarining internet segmentidan mustahkam o`rin egallashini ta`minlaydi.
Endilikda fermer xo`jaliklari ushbu elektron savdo maydonchasi yordamida ulgurji xaridorlar bilan to`g`ridan-to`g`ri muloqot o`rnatishi, mahsulotni nafaqat mamlakatimizdagi, balki xorijdagi iste`molchilarga ham etkazib berish yuzasidan savdo amaliyotlarini amalga oshirishi mumkin bo`ladi. Portal o`zbek, ingliz, rus va xitoy tillarida faoliyat ko`rsatadi.
Tadbirda tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar javob qaytardi.





