Bu haqda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi Axborot xizmati xabar berdi.
Tadbirda Samarqand viloyati veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi, viloyat hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi rahbar-xodimlari hamda hududdagi veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi mutaxassislari ishtirok etishdi.
Seminar davomida hayvonlarni kuzgi emlash tadbirlarining bajarilishi, aholiga sifatli oziq-ovqat mahsulotlari etkazib berish, hududdagi ixtisoslashtirilgan so`yish korxonalari faoliyati atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, dehqon bozorlariga keltirilayotgan aholi uchun birlamchi mahsulotlarni tezkor usulda veterinariya laboratoriyalari ko`rigidan o`tkazish, kushxonalarda o`z vaqtida sifatli Davlat veterinariya xizmati ko`rsatish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish xususida so`z yuritildi.






