AsosiyJamiyat

Baxtiyor Sayfullaev Tojikiston Majlisi namoyandagon Majlisi Oliy a`zolari bilan uchrashdi

'Baxtiyor Sayfullaev Tojikiston  Majlisi namoyandagon Majlisi Oliy a`zolari bilan uchrashdi'ning rasmi

2021 yil 26 oktyabr kuni Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo`mitasi raisi Baxtiyor Sayfullaev Prezident saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan Tojikiston Respublikasi Majlisi namoyandagon Majlisi Oliy a`zolari Umaralizoda Maqsudali Umarali, Rahmon Dilshod Safarbek bilan uchrashdi.

Muloqotda saylov komissiyalari a`zolari tomonidan saylovga puxta tayyorgarlik ko`rilgani va saylovchilarning yuqori darajada xabardorligi qayd etildi. Ular bunga Xiva shahridagi kuzatuvlari davomida guvoh bo`lganini aytishdi. Bu saylovning ochiq va demokratik tarzda o`tishini ta`minladi. Ovoz berish jarayonida barcha toifadagi fuqarolar, keksalar, jismoniy imkoniyatlari cheklangan shaxslar, tibbiyot muassasalarida davolanayotgan fuqarolarning saylov huquqlari ta`minlandi. Shuningdek, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida saylov uchastkalarida sanitariya me`yorlariga rioya etildi. Senat qo`mita raisi B. Sayfullaev mamlakatimizda milliy saylov qonunchiligini takomillashtirish, O`zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma`lumot berdi.

Mamlakatlarimiz o`rtasidagi ikki tomonlama, shu jumladan, parlamentlararo aloqalarni rivojlantirishda ijobiy dinamika kuzatilayotgani ta`kidlandi.

Uchrashuvda do`stlik va ahil qo`shnichilik munosabatlarini chuqurlashtirish, amaliy ishlar samaradorligini oshirishning muhim mexanizmlaridan biri bo`lgan ikki mamlakat parlamentlari o`rtasidagi o`zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik va parlament tadqiqotlari muammolari instituti hamda Tojikistondagi tegishli parlament instituti o`rtasida hamkorlikni yo`lga qo`yish taklifi bilan chiqdilar.

Madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni oshirish masalalari ham muhokama qilindi.

    Boshqa yangiliklar