Biroz avval ijtimoiy tarmoqlarda talaba qizning video murojaat va unda u o`zi tahsil olayotgan universitetda unga tegajoqlik qilingani haqida xabar qilgan edik.
Mazkur holat yuzasidan IIBB quyidagilarni ma`lum qildi:
"Joriy yilning 18 oktyabr kuni taxminan soat 16.00 larda 1984 yilda tug`ilgan Yu.Bag`ibek o`zining xizmat xonasida 2001 yilda tug`ilgan K.Mushtaribonuning nomusiga tegmoqchi bo`lganda o`ziga bog`liq bo`lmagan holatda jinoiy qilmishini oxiriga etkaza olmagan. So`ng jinoyatini yashirish maqsadida K.Mushtaribonuni derazadan pastga itarib yuborgan" deyiladi xabarda.
Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118-moddasi (“Nomusga tegish”) va 105-modda (“Qasddan badanga o`rtacha og`ir shikast etkazish”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Yu.Bag`ibekka nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo`llanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.