AsosiyJamiyat

Toshkentda boshqaruvni yo`qotgan "Matiz" haydovchisi piyodalarni urib ketdi (video)

'Toshkentda boshqaruvni yo`qotgan "Matiz" haydovchisi piyodalarni urib ketdi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda Mirobod tumanida "Matiz" haydovchisining yo`l chetida turgan piyodalarni urib yuborganligi aks etgan video tarqaldi.  

Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasining ma`lum qilishicha, joriy yilning 15 oktyabr kuni soat 21:23 larda Toshkent shahar, Mirobod tumani, Yangi Qo`yliq ko`chasi "Afsona" binosi qarshisida haydovchi, 1983 yilda tug`ilgan J.M. "Matiz" rusumli avtomobilni boshqarayotib, rul boshqaruvini yo`qotishi oqibatida yo`l chetida turgan piyodalarni urib yuborib, ag`darilib ketgan.

Hodisa natijasida uch nafar piyoda tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Yo`l chetida turgan avtomobillarga ham zarar etgan.

️Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

‼️Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini so`rab qolamiz.

    Boshqa yangiliklar