AsosiyDunyo

Rossiyada oxirgi sutkada koronavirusdan vafot etgan soni 1123 kishiga etdi

'Rossiyada oxirgi sutkada koronavirusdan vafot etgan soni 1123 kishiga etdi'ning rasmi

Rossiyada koronavirus bilan bog`liq o`lim holati yanada ko`payishda davom etmoqda. Bu haqda TASS xabar bermoqda

Qayd etilishicha, oxirgi sutkada 1123 kishi koronavirus kasalligi tufayli vafot etgan. Bu esa avvalgi kunga nisbatan ko`p deganidir. Bir kun avval bu ko`rsatkich 1106 kishini tashkil etgan. 

Yangi infeksiyaga qarshi kurash bo`yicha federal tezkor shtabi bergan ma`lumotga ko`ra, pandemiya boshlanganidan beri jami 233 898 kishi vafot etgan. 

Xususan, Sankt-Peterburgda kuniga 74ta, Krasnodar o`lkasida 42ta, Moskva viloyatida 41ta, Boshqardiston Respublikasida 36ta, Stavropol o`lkasida 33ta o`lim soni qayd etilgan. 

Ma`lumot uchun, kasallikka chalinganlarning umumiy soni 8 352 601 nafarga ko`paygan, jumladan, Sankt-Peterburgda kuniga 2913ta, Moskva viloyatida 2670ta, Samara viloyatida 1297ta, Nijniy Novgorod viloyatida 783ta, Voronej viloyatida 754ta, Sverdlovsk viloyatida 674ta holat aniqlangan.

Eslatib o`tamiz, ayni vaqtda Rossiyada  875 968 kishi davolanishni davom ettirmoqda. 

Boshqa yangiliklar