AsosiyJamiyat

Bosh davlat sanitariya vrachi: “O`zbekistonda Sputnik Light vaksinasidan foydalanishga tayyormiz”

'Bosh davlat sanitariya vrachi: “O`zbekistonda Sputnik Light vaksinasidan foydalanishga tayyormiz”'ning rasmi

O`zbekiston aholisi Sputnik Light vaksinasi bilan emlanadi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig`i, bosh davlat sanitariya vrachi Bahodir Yusupaliev "RIA Novosti"ga bergan intervyusida ma`lum qilgan.

—  O`zbekistonda Sputnik Lightdan foydalanishga tayyormiz. Men hech qanday to`siq ko`rmayapman, — deydi B. Yusupaliev. — Menimcha, biz vaksinalar turini kengaytirishimiz kerak. Pandemiya hali ham davom etmoqda. Vaksinalar va ulardan foydalanish imkoniyati qancha ko`p bo`lsa, emlash tizimi shunchalik samarali ishlaydi.

Eslatib o`tamiz, Rossiyaga qurilish sohasida ishlash uchun yuboriladigan 10 ming nafar o`zbekistonlik mehnat migrantlarini emlash uchun Rossiya Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan yangi turdagi vaksinaning 12 ming dozasi olib kelingan haqida ma`lum qilgan edik.  

Ma`lumot uchun, Sputnik Light bir komponentli vaksina bo`lib, to`liq emlanish uchun vaksinaning bir dozasini olish kifoya qiladi.

Boshqa yangiliklar