AsosiyDunyo

“Tolibon” Afg`oniston aholisi sonini hisoblab chiqmoqchi

'“Tolibon” Afg`oniston aholisi sonini hisoblab chiqmoqchi'ning rasmi

“Tolibon” harakati Afg`onistonda 42 yil ichida birinchi marotaba mamlakat aholini sonini hisoblab chiqishni rejalashtirgan. Bu haqda yaqinda yangi lavozimga tayinlangan “Tolibon” harakati vakili Zabihulloh Mujohid ma`lum qildi.

“Yig`ilish o`tkazildi. Unda mamlakatdagi iqtisodiyot va turli infratuzilmaviy loyihalar muhokama qilindi. Xususan, demografik xizmati faoliyati bilan bog`liq masalalar ko`rilgan va Afg`oniston aholisini ro`yxatga olishni o`tkazishga ham qaror qilingan”, - deya xabar qilinmoqda.

Bu jarayon qachon amalga oshirilishi ochiqlanmagan.

Shuningdek, mamlakatda giyohvandfurushlikka qarshi ko`rilayotgan choralar, diniy arboblar malakasini oshirish, sog`liqni saqlash tizimini yaxshilash loyihasini amalga oshirish bo`yicha muhokama o`tkazilgan. 

Ma`lumot uchun, Afg`onistonda aholini ro`yxatga olish oxirgi marotaba 1979 yilda o`tkazilgan. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar