Bugun, 27 oktyabr kuni soat 13:30 larda Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani hududida joylashgan "Fayz" nomli choyxona binosining ro`parasida to`htab turgan, haydovchi, 2002 yilda tug`ilgan I.N. boshqaruvidagi "Nexia" rusumli avtomobilga o`rnatilgan gaz ballonda portlash sodir bo`lgan.
Hodisa natijasida haydovchi I.N. va ushbu avtomobil yo`lovchisi, 2003 yilda tug`ilgan Sh.S. og`ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur hodisa yuzasidan Chiroqchi tumani IIB, FVB va prokuraturasi tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilib, hodisa sodir bo`lish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.






