AsosiyJamiyat

Saylov yakunlari haqidagi to`liq ma`lumotlar qachon e`lon qilinadi?

'Saylov yakunlari haqidagi to`liq ma`lumotlar qachon e`lon qilinadi?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda berilayotgan ushbu savollar yuzasidan Markaziy saylov komissiyasi ma`lumot berdi.

Aytilishicha, Saylov kodeksining 97-moddasiga asosan, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yakunlariga ko`ra Markaziy saylov komissiyasining qarori saylovdan keyin o`n kundan kechiktirmay qabul qilinadi. Mazkur qaror Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida va boshqa manbalarda e`lon qilinadi (hammaga ma`lum qilinadi).

MSKning prezidentlik saylovi yakunlariga bag`ishlangan majlisi joriy yilning 29 oktyabriga rejalashtirilgan. Majlisda tegishli qaror qabul qilingandan so`ng saylov yakunlari va ovoz berish natijalariga oid ma`lumotlar rasmiy e`lon qilinadi (hammaga ma`lum qilinadi).

    Boshqa yangiliklar