AsosiyJamiyat

Afg`oniston bilan qo`shni davlatlar tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo`lib o`tdi

'Afg`oniston bilan qo`shni davlatlar tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo`lib o`tdi'ning rasmi

Bugun, 27 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afg`oniston bilan qo`shni davlatlar tashqi ishlar idoralari rahbarlarining Tehron shahrida bo`lib o`tgan navbatdagi uchrashuvida ishtirok etdi.

O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri o`z nutqida bugun Afg`onistonda mutlaqo yangi voqelik yuzaga kelganini ta`kidladi. To`liq vakolatli hamda xalqaro e`tirofga ega bo`lishga intilayotgan Muvaqqat hukumat tuzildi.

Qayd etilganidek, Afg`oniston yaqin kelajakda mintaqa davlatlari, birinchi navbatda, qo`shni mamlakatlarning milliy manfaatlariga bevosita daxldor mintaqaviy xavfsizlikning muhim omili bo`lib qoladi.

Ayniqsa, hozirgi zamonaviy bosqichda ushbu davlatni xalqaro miqyosda yakkalanib qolishiga yo`l qo`ymaslik uchun Afg`onistonga nisbatan mojarodan keyingi strategiyani ishlab chiqish zarurligi alohida ta`kidlandi.

Forum ishtirokchilari Afg`oniston iqtisodiyotini tiklash, birodar afg`on xalqiga tezkor insonparvarlik va boshqa yordam ko`rsatish masalasida xalqaro hamjamiyat sa`y-harakatlarini birlashtirish muhim ahamiyat kasb etishini bildirdilar.

    Boshqa yangiliklar