Namangan viloyati Mingbuloq tumanidagi “Iftixor Zahro” baliqchilik xo`jaligida baliq boqishga mo`ljallangan 6 ta sun`iy ko`l tashkil etilgan.
55 gektar maydondagi ushbu ko`llarga erta bahorda 5 xil turdagi baliq chavoqlari tashlangan bo`lib, yiliga 400 tonna baliq etishtiriladi. Xo`jalikda 13 nafar kishi ish bilan ta`minlangan.
Baliq inson organizmini tozalovchi, suyak va tishlarni mustahkamlovchi shifobaxsh taom sifatida qadimdan sevib iste`mol qilinadi. Ayniqsa, tez hazm bo`lishi va parhezbopligi baliqning qiymatini yanada oshiradi. Baliq go`shti tarkibida juda ko`p vitamin va mikroelementlar mavjud. Ushbu mahsulotni iste`mol qilishning minimal me`yor miqdori bir yilda bir kishi uchun 12 kilogrammni tashkil qiladi.
Mingbuloqda 128 ta baliqchilik fermer xo`jaliklari mavjud. Ular tasarrufidagi 2050 gektarli havzalarda bu yil 6400 tonnadan ortiq baliq etishtirish mo`ljallangan.






