AsosiyDunyo

Xitoy Tashqi ishlar vaziri bir qator davlatlarni Afg`onistonga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi

'Xitoy Tashqi ishlar vaziri bir qator davlatlarni Afg`onistonga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi'ning rasmi

Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I AQSh va boshqa G`arb davlatlarini Afg`onistonga nisbatan bir tomonlama sanksiyalarni imkon qadar tezroq bekor qilishga chaqirdi. Bu haqda u chorshanba kuni Tehronda  bo`lib o`tgan qo`shni davlatlar vazirlarining yig`ilishida videoaloqa orqali gapirganida aytib o`tdi, deya xabar bermoqda TASS.

"Biz Qo`shma Shtatlar va G`arb davlatlarini Afg`onistonga qiyinchilikdan yangi hayotga o`tishda yordam berish bo`yicha o`zlarining ustuvor majburiyatlarini bajarishga undashimiz kerak. Afg`oniston aholi ehtiyojlarini qondirishi, davlat aktivlaridan imkon qadar tezroq foydalanishi uchun endilikda ularga qarshi bir tomonlama sanksiyalarni bekor qilishimiz kerak ",- dedi u.

Uning ta`kidlashicha, xalqaro hamjamiyat "Tolibon" harakatini nafaqat terrorchi tashkilotlardan uzoqlashishga chaqirishi, balki ularga qarshi kurashishiga ham hissa qo`shishi kerak.

    Boshqa yangiliklar