AsosiyDunyo

Rossiya dronlar uchun maxsus radiochastotalar ishlab chiqarmoqchi

'Rossiya dronlar uchun maxsus radiochastotalar ishlab chiqarmoqchi'ning rasmi

Rossiyaning radiochastotalar bo`yicha davlat komissiyasi dronlarni boshqarish uchun 6 gigagertsli diapazonda maxsus radiochastotalarni ajratishi mumkin. Bu haqda "Izvestiya" nashriga tayanib, TASS xabar bermoqda.

Nashr ma`lumotlariga ko`ra, Rossiyada dronlar uchun 5850-6425 MGts maxsus radiochastotalar paydo bo`lishi mumkin.

 Loyihaning tushuntirish xatida ko`rsatilishicha, ushbu yangilik bunday uchar moslamalar bozorining kengayishi bilan bog`liq. Qayd etilishicha, dron operatorlari tomonidan foydalanilayotgan resurslari endi etarlicha emas.

"Birinchidan, fuqarolik dronlari asosan 2,4 gigagertsli chastotalarda boshqariladi va ular videoma`lumotlarni uzata oladi, ular  WiFi bilan ham ishlaydi. 

Ta`kidlash lozimki, ularning ko`plari bir joyda yig`ilib qolsa, uchuvchi moslamalarda juda kuchli shovqin seziladi.

5850-6425 MGts chastotalar dronlarni o`nlab kilometrgacha masofada boshqarish imkonini beradi.

Hozirgacha dronlar uchun maxsus chastotalar ajratilmagan", - deydi Vadim Poskakuxin, Spektrlarni boshqarish bo`limi boshlig`i.

    Boshqa yangiliklar