Dunyodagi mojarolar natijasida qochqinlar soni rekord ko`rsatkichga etdi.
Bu haqda BMT Bosh assambleyasi uchinchi qo`mitasida qochqinlar bo`yicha maxsus ma`ruzachi Sesilla Ximenes-Damari aytib o`tdi.
"Qurolli to`qnashuvlar va zo`ravonliklar tufayli o`z o`rnini tashlab ketganlar soni dunyoda 48 millionga etdi, bu hozirgacha qayd etilgan eng yuqori ko`rsatkichdir",- deydi maxsus ma`ruzachi. "Qurolli to`qnashuvlar va keng tarqalgan zo`ravonliklarning tobora murakkablashib borayotgan sharoitida xalqaro insonparvarlik va inson huquqlari qonunlariga hurmatni ta`minlash tobora qiyinlashib bormoqda",–deydi u.






