2021 yil 27 oktyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 184905 (+342) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 6 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
- 14 nafari Andijon viloyatida,
- 6 nafari Buxoro viloyatida,
- 11 nafari Jizzax viloyatida,
- 3 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 3 nafari Navoiy viloyatida,
- 18 nafari Namangan viloyatida,
- 22 nafari Samarqand viloyatida,
- 13 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 8 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 23 nafari Farg`ona viloyatida,
- 21 nafari Xorazm viloyatida,
- 76 nafari Toshkent viloyatida,
- 118 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
🔹Qoraqalpog`iston Respublikasida 11 nafar,
🔹Andijon viloyatida 8 nafar,
🔹Buxoro viloyatida 7 nafar,
🔹Jizzax viloyatida 3 nafar,
🔹Qashqadaryo viloyatida 3 nafar,
🔹Navoiy viloyatida 9 nafar,
🔹Namangan viloyatida 6 nafar,
🔹Samarqand viloyatida 40 nafar,
🔹Sirdaryo viloyatida 21 nafar,
🔹Surxondaryo viloyatida 9 nafar,
🔹Farg`ona viloyatida 22 nafar,
🔹Xorazm viloyatida 17 nafar,
🔹Toshkent viloyatida 77 nafar,
🔹Toshkent shahrida 53 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 180591 (+286) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1316 nafarni tashkil qildi.






