Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning 1 oktyabr holatiga, respublikamizdagi barcha toifadagi xo`jaliklarda boqilayotgan otlar bosh soni 255 mingga etdi. Bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davriga nisbatan 10,8 mingga ko`paygan.
Respublikadagi jami otlarning xo`jaliklar bo`yicha ulushi:
- 76,4 % - dehqon xo`jaliklari
- 18,9 % - fermer xo`jaliklari
- 4,7 % - qishloq xo`jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar






