AsosiyJamiyat

Dzyudochilar harbiylar o`rtasidagi jahon chempionatida qatnashish uchun Parijga jo`nab ketishdi

'Dzyudochilar harbiylar o`rtasidagi jahon chempionatida qatnashish uchun Parijga jo`nab ketishdi'ning rasmi

29 oktyabr – 4 noyabr kunlari Fransiya poytaxti Parij shahrida dzyudo bo`yicha harbiylar o`rtasida jahon chempionati bo`lib o`tadi. Bugun tunda mazkur musobaqada ishtirok etuvchi jamoa Parij safariga yo`l olgan.

40-bor o`tkazilayotgan ushbu musobaqada terma jamoamiz asosiy tarkib bilan ishtirok etadi. Jumladan, -90 kg vazn toifasida Tokio-2020 sovrindori, o`z vaznida jahon reytingi etakchisi Davlat Bobonov, shuningdek, Bekmurod Oltiboev, Gulnoza Matniyazova, Diyora Keldiyorova kabi asosiy tarkib vakillarimiz ham tatamiga chiqadi. Avval -73 kg vazn toifasida kurashgan Hikmatilloh To`raev esa endi -81 kg vazn toifasida omadini sinab ko`radi. 

To`liq tarkib:

-60 kg: Dilshod Baratov
-66 kg: Shavkat Saitqulov
-66 kg: Artyom Shturbabin
-73 kg: Obidxon No`monov
-81 kg: Hikmatulloh To`raev
-90 kg: Davlat Bobonov
-100 kg: Muzaffarbek To`raboev
+100 kg: Bekmurod Oltiboev
+100 kg: Shohruh Baxtiyorov
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-57 kg: Shukurjon Aminova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
-78 kg: Irisxon Qurbonboeva

    Boshqa yangiliklar