Bu haqda AOKAda o`tkazilgan matbuot anjumanida Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vaziri o`rinbosari Qurbon Tursunov ma`lum qildi:
«Respublika bo`yicha etkazib berilgan issiqlik energiyasi uchun aholining debitor qarzdorligi 2 trln 100 mln so`mga teng.
Issiqlik ta`minoti korxonalarining gaz, elektr va sovuq suvdan qarzi — ikki yarim trillion so`mni tashkil etmoqda. 20 ta issiqlik ta`minoti korxonasi joylarga chiqib, aholiga tushuntirish ishlarini olib bormoqda. Iloji bo`lmagan hollarda yozma ogohlantirishlar taqdim etmoqda, sud organlariga murojaat qilib, majburiy tartibda undirish choralari ko`rilmoqda.
Aholining to`lov intizomiga amal qiladigan qismi 50-60 foizdan iborat. Qolgan 35-40 foiz aholiga shu kabi choralar ko`rilmasa, to`lovni undirish imkoniyati chegaralangan».






