AsosiyJamiyat

O`zbekistonda masofadan boshqariladigan pulemyot ishlab chiqarildi (video)

'O`zbekistonda masofadan boshqariladigan pulemyot ishlab chiqarildi (video)'ning rasmi

Mudofaa sanoati davlat qo`mitasi tasarrufidagi korxonalardan birida masofadan boshqariladigan jangovar modul ishlab chiqarish bo`yicha loyiha amalga oshirilmoqda. Bu haqda Mudofaa vazirligi ma`lum qildi. 

Ta`kidlanishicha, soha mutaxassislari tomonidan mahsulotning barcha konstruktorlik-texnik hujjatlari ishlab chiqilib, ular asosida yirik kalibrli pulemyot hamda zamonaviy elektron-optik kuzatuv va nishonga olish moslamalari bilan jihozlangan jangovar modulning tajriba namunasi ishlab chiqilgan va shu kunlarda zavod sinovlaridan o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar