Boks bo`yicha jahon chempionatining og`ir vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Lazizbek Mullajonov (+92 kg) ilk jangini muvaffaqiyatli o`tkazdi. Bu haqda MOQ ma`lum qildi.
Eronlik Puria Amiriga qarshi ringga ko`tarilgan Lazizbek o`zining kuchli va aniq zarbalari bilan raqibidan ustun keldi. Shu tariqa harbiylar o`rtasida jahon chempioni bo`lgan hamyurtimiz bu musobaqada ham g`alaba sari dastlabki qadamni tashladi.
Bokschi keyingi bosqichda angliyalik Delishius Oriega qarshi bahs olib boradi.






