AsosiyDunyo

Koronavirus: Xitoy nimadan xavotirda?

'Koronavirus: Xitoy nimadan xavotirda?'ning rasmi

Xitoyda koronavirus qariyb jilovlanib bo`ldi. Masalan, bir yarim milliard aholiga ega mamlakatda kecha bor-yo`g`i 64 kishida COVID-19 aniqlangan, deya ma`lumot beradi O`zbekiston SSV  matbuot kotibi.

Qayd etilishicha, shifoxonalarda bu kasallikdan davolanayotganlar soni  701 nafarni tashkil etmoqda.  

Shunga qaramay, bu erda ehtiyotkorlik choralari susaytirilmagan. Sababi kunlik kasallanish ko`rsatkichlari 10 kun ichida 24 tadan 64 taga etgan. 

"Ular pandemiyaning yangi to`lqini bilan yuzma-yuz kelgan Rossiyadan tashvishda. Aslida xavotirlar o`rinsiz ham emas. Chunki bu mamlakatdan virus kirib kelish xavfi yuqori.

Xitoy hattoki Rossiyadan kirib keladigan  muzlatilgan dengiz mahsulotlari importiga chek qo`ydi. Bunga mahsulotlar o`ramida koronavirus aniqlangani sabab bo`ldi",-deydi matbuot kotibi.

Xitoy Xalq Respublikasi bojxona bosh boshqarmasining ma`lum qilishicha, taqiq besh hafta davomida amal qiladi.  

    Boshqa yangiliklar