1

“O`zbekiston – Rossiya muzeylar «Road-show»si o`tkaziladi

Madaniyat 29.10.2021, 19:07
“O`zbekiston – Rossiya muzeylar «Road-show»si o`tkaziladi

30 oktyabr kuni O`zbekiston badiiy akademiyasida “O`zbekiston – Rossiya muzeylar “Road-show"si bo`lib o`tadi

Rossiya Federasiyasining Madaniyat vazirligi hamda O`zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi hamkorligida tashkil etilayotgan mazkur keng qamrovli tadbirda har ikki davlatdan 100ga yaqin muzey vakillari ishtirok etadi.

“O`zbekiston – Rossiya muzeylar «Road-show»si  dasturi Kino muzeyi multimedia ko`rgazmasining ochilishi bilan boshlanadi.

O`zbekiston va Rossiya davlatlari o`rtasida o`rnatilgan diplomatik aloqalarning 30 yilligini keng nishonlash arafasida tashkil etilayotgan ushbu tadbir tomonlarning madaniy hamkorligini yana-da mustahkamlash va sohadagi o`zaro targ`ibot ishlarini kengaytirish, jumladan, muzeylar o`rtasidagi qo`shma loyihalarni jadallashtirish orqali ushbu yo`nalish istiqbollarini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida o`tkazilmoqda.

Shuningdek, ochilish marosimida Rossiya Federasiyasining etakchi muzeylari bo`lgan “Tretyakov davlat galereyasi”, “A.S.Pushkin nomidagi davlat tasviriy san`at muzeyi”, “Davlat markaziy kino muzeyi”, “Rossiya etnografiya muzeyi”, “Sharq davlat muzeyi”, ““Proxorovskoe pole” muzey-qo`riqxonasi”, “G`alaba muzeyi”, “Leningrad mudofaa va qamal davlat memorial muzeyi”, “Rossiya davlat muzeyi” tomonidan o`z faoliyat yo`nalishlari haqida foto va video materiallar asosida tayyorlangan taqdimotlar namoyish etiladi.

Tadbir davomida O`zbekistonning etakchi muzey hamda muzey-qo`riqxonalari vakillari ham ishtirok etadi.

 “O`zbekiston – Rossiya muzeylar «Road-show» si doirasida tashkil etilgan “Muzey brendlarini targ`ib qilishning zamonaviy vositalari va texnologiyalari” mavzusiga bag`ishlangan davra suhbatida kelgusi hamkorlik rejalari hamda qo`shma loyihalar haqida o`zaro fikr almashishadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1