Afg`onistonda so`nggi 2 oy ichida tadbirkorlarni o`g`irlab ketish bilan bog`liq holatlar ko`paygan. Bu haqda “Sputnik” xabar berdi.
Mamlakatning Savdo-sotiq palatasi raisi o`rinbosari Xon Jan Alokozayning ma`lum qilishicha, oxirgi ikki oyda 40dan ortiq tadbirkorlar o`g`irlab ketilgan.
Jumladan, Qobul, Qandahor, Nangahor, Qunduz, Hirot va Balx viloyatlarida ko`p o`g`irlik holati kuzatilgan. O`g`irlaganlarning ayrimlari allaqachon halok bo`lgan.
Afg`oniston “Islom Amirligi” Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Qori Said Xostiyning aytishicha, yaqin kelajakda tadbirkorlarga o`zlarini himoya qilishlari uchun qurol lisenziyalari berishini ma`lum qildi.