Sky News agentligi xabar berishicha, Britaniyada yirikligi jihatidan ettinchi o`rinda turuvchi Bulb energetika kompaniyasi bankrot bo`lishi arafasida.
Qayd etilishicha, hukumat muammodan xabardor va muammoni hal qilish uchun favqulodda harakatlar rejasini jadallashtirishga harakat qilmoqda. Ammo vazirlar ham, Ofgem energiya regulyatori ham 1,7 million kishiga xizmat ko`rsatuvchi Bulb bankrot bo`lishi yaqin.
Kompaniyani qutqarib qolish ehtimoli bor, ammo moliyaviy yordamsiz noyabrda ham ushbu vaziyatdan chiqib ketish qiyin.
Ma`lumot uchun, Buyuk Britaniyada 13ta energetika kompaniyasi bankrot bo`lgan.