AsosiyJamiyat

Angrenda 11 yoshli qiz "Seftriakson" dori vositasi sabab vafot etdi

'Angrenda 11 yoshli qiz "Seftriakson" dori vositasi sabab vafot etdi'ning rasmi

Ma`lumotda voqea joriy yilning 20 oktyabrida sodir bo`lgani, surunkali bronxit sabab muntazam davolanib keladigan 11 yoshli bemor shifokor ko`rsatmasiga binoan «Seftriakson» antibiotigini qabul qilgani aytiladi.

Ukol qilinganidan keyin 3 daqiqa ichida bemorning qo`llarida ko`karishlar, ko`zlarida qizarish, ko`ngil aynishi boshlangan. 10 daqiqa ichida bemor hududiy shifoxonaga olib borilgan, o`sha erda dastlabki yurak urishdan to`xtash holati kuzatilgani aytiladi. Shifokorlar tezkor harakatlar bilan yurak faoliyatini tiklashga muvaffaq bo`lishadi. Ammo keyinchalik bu holat yana ikki marta takrorlanadi va tongda bemor yuragi butunlay to`xtaydi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar